Новости на узбекском языке

Klinikamiz kengaymoqda!

Hurmatli bemorlar va obunachilarimiz, biz mamnuniyat bilan muhim yangilikni eʼlon qilamiz! Klinikamiz kengayib, tibbiy xizmat turlarini koʼpaytirmoqda va endilikda "TASHKENT MEDICAL PARK" by Urologic Complex nomini oldi.

"Urologic Complex" klinikasi urologik markaz sifatida ochilgan. Shu yillar davomida bemorlarning tibbiy xizmatga boʼlgan katta talabini inobatga olgan holda, biz kengaydik va 6 qavatli yangi bino qurdik, u yerda quyidagi boʼlimlarni yaratdik:

1. UROLOGIYA
2. АNDROLOGIYA
3. GINEKOLOGIYA
4. ONKOLOGIYA
5. UMUMIY JАRROHLIK
6. BАRIАTRIYA MАRKАZI
7. GEPАTOLOGIYA MАRKАZI

Hozirgi vaqtda klinika koʼp tarmoqli boʼldi, va bu yerda mahalliy va xorijlik oʼz sohasining mutaxassislari bemorlarni qabul qilib operatsiya qilishadi.

Va biz kengayishda va yangi yoʼnalishlarni ochishda davom etamiz. Shuning uchun klinikamizning koʼp tarmoqliligini yaxshiroq aks ettiruvchi "TASHKENT MEDICAL PARK" by Urologic Complex nomini olishga qaror qilindi.

Tibbiy xizmatlar sifati oldingidek yuqori darajada boʼladi, biz davolay oladigan kasalliklar doirasi esa ancha kengayadi. Va bularning barchasi Siz, aziz bemorlarimiz uchun!