«Xayrli kun, aziz obunachilarimiz! Bugun biz nozik mavzu — qabziyat haqida gaplashamiz va uning paydo bo‘lish sabablarini tahlil qilamiz.
Birinchi navbatda shuni aytmoqchimanki, qabziyat — bu, me'yoriy holat emas. Bu, ichakning sekretor va evakuator funksiyalari buzilganligini anglatuvchi belgilar majmuidir. Nafaqat haddan ziyod zich najasni, balki haftada 3 martadan kam hojatga chiqishni ham qabziyat deb atashimiz mumkin.
Asosiy sabablar:
• O‘simlik tolalari kam bo‘lgan taomlarni iste'mol qilish;
• Odam kam suyuqlik iste'mol qiladigan noto‘g‘ri ichimlik tartibi;
• Nomuntazam yoki o‘zgaruvchan ovqatlanish tartibi;
• Kamharakat turmush tarzi, keksalik, homiladorlik.
Endi esa xavfliroq sabablar haqida gaplashib olamiz:
• Yo‘g‘on ichak striktiralari (torayishi)
• Yo‘g‘on ichak saratoni
• Moddalar almashinuvidagi tizimli buzilishlar (gipotireoz, qandli diabet)
• Gemorroy va anal yoriqlari
• Ichaklarning buralib qolishi, atoniya, ta'sirlangan ichak sindromi
• Asab kasalliklari
Ko‘rib turganingizdek, sabablar zararsiz, shuningdek, hayot uchun xavfli ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ullanmaslik, balki darhol to‘g‘ri tashhis qo‘yadigan va agar kasallik bo‘lsa, uni davolashga yordam bera oladigan gastroenterolog qabuliga borganingiz ma'qul.
Sizni «Urologic Complex» klinikasida qabul qilishdan va oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lishga yordam berishdan bag‘oyat mamnun bo‘laman.