O‘t qopini olib tashlash — undagi toshlardan butunlay xalos bo‘lishning yagona radikal usuli.
Ha, operatsiya qildirishga qaror qilish juda qiyin, ayniqsa, toshlar mayda va ularning soni kam bo‘lsa. Ammo shunday qilgan ma'qul, negaki:
• Mayda toshlar o‘t yo‘liga kirib, uni berkitib qo‘yishi mumkin. Bu bilirubin yig‘ilishiga, gepatit kasalligiga, o‘tkir pankreatit xurujlariga va og‘ir oqibatlarga olib keladi. Agar tosh oqimning o‘zida tiqilib qolsa, u holda operatsiyani zudlik bilan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
• O‘t qopida toshlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda gormonal fon va moddalar almashinuvidagi o‘zgarishlar bunga sabab bo‘ladi. Bu ikkala muammo ham 1 kunda yechimini topmaydi, toshlar esa ko‘payishda davom etaveradi va bu bilan muammoni yanada chuqurlashib boraveradi.
• O‘t qopi devorlarining muntazam shikastlanishi saraton kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
• Yirik toshlar o‘t qopi devori to‘qimalari jonsizlanishiga olib kelishi mumkin. O‘t qopi va ichak orasida teshik yara paydo bo‘lishi mumkin, bunda ichakdagi narsalar o‘t qopiga o‘tadi va og‘ir yallig‘lanish yuzaga keladi.
Operatsiyani keyinga surish orqali siz o‘z salomatligingizni yanada ko‘proq xavfga qo‘yasiz. Jumladan: onkologiya, peritonit va jigar shikastlanishi.
O‘t qopisiz uzoq yillar umr kechirish mumkin, buning uchun parhezga rioya qilib, reabilitasiya davrida buyurilgan dori vositalarini qabul qilib yurish kifoya.
Operatsiya laparoskopik usulda o‘tkaziladi, bunda qorin bo‘shlig‘ida bir nechta teshiklar qilinadi va operatsiya taxminan bir soat davom etadi. 1-2 sutkadan keyin esa bemalol uyga qaytishingiz mumkin.