Hayzingiz o‘z vaqtida boshlanmadimi? Bunga nima sabab bo‘lishi mumkinligi va xavotirga o‘rin bor-yo‘qligini tushunishga urinib ko‘ramiz.
Hammaning hayoliga birinchi bo‘lib keladigan sabab — homiladorlik. Ammo har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Klimaks yoki homiladorlikdan tashqari hayz sikli qator sabablarga ko‘ra buzilishi mumkin:
• Ginekologik kasalliklar: kichik tos sohasidagi yallig‘lanish jarayonlari, jinsiy infeksiyalar, endometrioz, o‘simtalar — bularning barchasi ginekolog qabuliga borishni talab etadigan sabablar.
• Polikistoz tuxumdonlar sindromi — hayz sikli muntazam buzilishi ortida ko‘pincha aynan shu sabab yashirin bo‘ladi. Kasallik kompleks yondashuvni va endokrinolog nazorati ostida bo‘lishni talab etadi.
• Endokrinologik o‘zgarishlar. PKTSdan tashqari qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar ham sikl buzilishiga olib kelishi mumkin.
• Stress. U kortizol va adrenalin gormonlari ishlab chiqarilishini chaqiradi, ular esa normal hayz sikli uchun zarur gormonlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi.
• Parvozlar, iqlim o‘zgarishi ham organizm uchun stress hisoblanadi.
• Dori-darmon vositalari: antidepressantlar, antibiotiklar, qon oqishini to‘xtatuvchi preparatlar, neyroleptiklar va boshqalarni qabul qilish.
Ayol organizmi — nozik tizim va hayzning yo‘qligi stress oqibati yoki jiddiy kasallik belgisi bo‘lishi mumkin.
Aynan shuning uchun ham, o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashni boshlash uchun ginekologlarimiz va endokrinologlarimiz ko‘rigidan muntazam o‘tib turishni tavsiya qilamiz. Agar bunday qilmasangiz, bir kun kelib bepushtlik va onkologik kasallikka duchor bo‘lishingiz mumkin, ularni davolash esa ancha murakkab.