Новости на узбекском языке

Tuxumdon kistasi diagnostika va davolash

Tuxumdon kistasi eng keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan biri.

Koʼpincha kistalar rejalashtirilgan UTT paytida aniqlanadi. Аgar ayol ginekolog va UTT ga kam borsa, unda quyidagi alomatlar kista borligidan dalolat beradi:

- hayz siklining buzilishi;
- hayzlar orasidagi qonli ajralmalar;
- qorinning pastki qismida bosim va ogʼriq hissi.

✅Kistalarni davolash ularning turi va hajmiga bogʼliq. Masalan, baʼzi follikulyar kistalar va sariq tana kistalari baʼzan asta-sekin oʼzlari soʼrilib ketishi mumkin. Baʼzida esa dori-darmonlar bilan davolash talab qilinadi.

Kistalar sogʼliq uchun xavf tugʼdirishi mumkin, shuning uchun har qanday kista ginekologga shoshilinch murojaat qilish uchun sabab. Ginekolog:

- kuzatish;
- preparatlar bilan konservativ davolash;
- jarrohlik yoʼli bilan davolashni tayinlashi mumkin. U salbiy oqibatlar: yorilish, burilib ketish, qon ketish xavfi yuqori boʼlganda tayinlanadi. Shuningdek, kista bepushtlikka sababi boʼlganda ham.

Siz hamisha klinikamizda kerakli diagnostikadan oʼtishingiz va malakali ginekologlarda sifatli davolanishingiz mumkin.

+(99878) 140-03-03
📩 Telegram: +(998 99) 804-79-48
📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 12 mavze, M. Shayxzoda koʼchasi, 7-uy.