Tuxumdon kistasi eng keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan biri.
Koʼpincha kistalar rejalashtirilgan UTT paytida aniqlanadi. Аgar ayol ginekolog va UTT ga kam borsa, unda quyidagi alomatlar kista borligidan dalolat beradi:
- hayz siklining buzilishi; - hayzlar orasidagi qonli ajralmalar; - qorinning pastki qismida bosim va ogʼriq hissi.
✅Kistalarni davolash ularning turi va hajmiga bogʼliq. Masalan, baʼzi follikulyar kistalar va sariq tana kistalari baʼzan asta-sekin oʼzlari soʼrilib ketishi mumkin. Baʼzida esa dori-darmonlar bilan davolash talab qilinadi.
Kistalar sogʼliq uchun xavf tugʼdirishi mumkin, shuning uchun har qanday kista ginekologga shoshilinch murojaat qilish uchun sabab. Ginekolog:
- kuzatish; - preparatlar bilan konservativ davolash; - jarrohlik yoʼli bilan davolashni tayinlashi mumkin. U salbiy oqibatlar: yorilish, burilib ketish, qon ketish xavfi yuqori boʼlganda tayinlanadi. Shuningdek, kista bepushtlikka sababi boʼlganda ham.
Siz hamisha klinikamizda kerakli diagnostikadan oʼtishingiz va malakali ginekologlarda sifatli davolanishingiz mumkin.
+(99878) 140-03-03 📩 Telegram: +(998 99) 804-79-48 📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 12 mavze, M. Shayxzoda koʼchasi, 7-uy.