Quvonchli yangilik! Klinikamizning bosh shifokori Rahmonov Oybek Muxammadmoʼydinovich dissertatsiyani yoqlab, PhD –— Tibbiyot fanlari falsafa doktori faxriy unvonini oldi!
Bu kamdan-kam mutaxassislar muyassar boʼladigan oliy akademik unvondir.
Oybek Muxammadmoʼydinovich koʼp yillar davomida tinimsiz mehnat qilib, uzluksiz taʼlim olgan va malakasini oshirgan. Tibbiyot institutini tugatganidan soʼng u АDMI hamda OʼzR SSV Urologiya ilmiy markazida klinik ordinaturadan oʼtgan. Quyidagi xorijiy davlatlarida bilimini oshirgan:
• Yevropa Urologiya assotsiatsiyasi dasturi doirasida Vengriyaning Budapesht shahrida «Onkourologiya va rekonstruktiv urologiya» mavzusida internatura;
• Hindistonning Puna shahrida «Uretra strikturasining turli shakllarida rekonstruktiv va tiklovchi amaliyotlar» mavzusida internatura;
• Italiyaning Аretstso shahrida «Uretra strikturalarida rekonstruktiv» mavzusida internatura;
• Jahon Laparoskopiya klinikasida magistratura. Gurgaon shahri, Hindiston.
Koʼplab seminar va anjumanlarda ishtirok etgan, shuningdek Oʼzbekiston, Yevropa va xalqaro darajadagi ilmiy hamjamiyat va uyushmalarning aʼzosi:
• Oʼzbekiston Respublikasining ilmiy urologik assotsiatsiyasi;
• Yevropa Urologik assotsiatsiyasi;
• Laparaskopik jarrohlar xalqaro assotsiatsiyasi.
Klinikamizda xalqaro darajadagi nufuzga ega mutaxassis faoliyat yuritayotganidan faxrlanamiz va butun jamoamiz nomidan Oybek Muxammadmoʼydinovichga PhD faxriy unvoni muborak boʼlsin deymiz!