Новости на узбекском языке

Laparoskopik prostatektomiya (Prostatani olib tashlash)

«Urologic Complex» klinikasida prostatani laparoskopik usulda olib tashlash — prostata saratonini davolashning kam jarohatli, yuqori texnologiyali va zamonaviy usuli.

60 yoshdan oshgan erkaklar orasida bu — eng ko‘p uchraydigan zararli o‘simta, ammo yoshroq erkaklar ham unga to‘qnash kelishlari mumkin.

Prostatani zararli o‘simta bilan birgalikda laparoskopik usulda olib tashlash qorinning old devorida 4-5 ta teshik qilish orqali amalga oshiriladi. Ochiq kesim bo‘lmasligi operatsiyadan keyin organizm juda tez tiklanishiga yordam beradi, negaki choklar va to‘qimalar jarohati bo‘lmaydi.

  • Bemor kamroq qon yo‘qotadi.
  • Kasalxonada yotish muddati qisqaradi.
  • Operatsiyadan keyin tiklanish vaqti sezilarli darajada kamayadi.

Atigi 1 ta operatsiya hayot uchun xavfli bo‘lgan kasallikdan xalos bo‘lishga yordam beradi, agar u o‘z vaqtida o‘tkazilsa, albatta. Shunday ekan, muntazam ravishda urolog qabuliga borish va zarur ko‘riklardan o‘tib turishni tavsiya etamiz, ayniqsa, siz — 40 yoshdan oshgan erkak kishi bo‘lsangiz.