Laparoskopik prostatektomiya (Prostatani olib tashlash)
2022-08-18 15:00
«Urologic Complex» klinikasida prostatani laparoskopik usulda olib tashlash — prostata saratonini davolashning kam jarohatli, yuqori texnologiyali va zamonaviy usuli.
60 yoshdan oshgan erkaklar orasida bu — eng ko‘p uchraydigan zararli o‘simta, ammo yoshroq erkaklar ham unga to‘qnash kelishlari mumkin.
Prostatani zararli o‘simta bilan birgalikda laparoskopik usulda olib tashlash qorinning old devorida 4-5 ta teshik qilish orqali amalga oshiriladi. Ochiq kesim bo‘lmasligi operatsiyadan keyin organizm juda tez tiklanishiga yordam beradi, negaki choklar va to‘qimalar jarohati bo‘lmaydi.
Bemor kamroq qon yo‘qotadi.
Kasalxonada yotish muddati qisqaradi.
Operatsiyadan keyin tiklanish vaqti sezilarli darajada kamayadi.
Atigi 1 ta operatsiya hayot uchun xavfli bo‘lgan kasallikdan xalos bo‘lishga yordam beradi, agar u o‘z vaqtida o‘tkazilsa, albatta. Shunday ekan, muntazam ravishda urolog qabuliga borish va zarur ko‘riklardan o‘tib turishni tavsiya etamiz, ayniqsa, siz — 40 yoshdan oshgan erkak kishi bo‘lsangiz.