Новости на узбекском языке

Chov sohasidagi og'riq sapablari

Tashqi jinsiy a'zolar va chov sohasida og‘riq paydo bo‘ldi. Buning sababi nimada bo‘lishi mumkin?

Urolog-androlog, oliy toifali shifokor Zokirov Alisher Komilovich shunday deydi:

Bemorlar tashqi jinsiy a'zolar va chov sohasidagi og‘riq muammosi bilan menga tez-tez murojaat qilib turishadi. Ularning aytishicha, bu joylarga hech qanday jarohat yetmagan, ammo og‘riq va noqulaylik bor. Bu simillagan og‘riq yoki yetarlicha yoqimsiz, uzoq va jonga tegadigan darajada o‘tadigan og‘riq bo‘lishi ham mumkin. Bu alomatlar asta-sekin kuchayib borishi yoki to‘satdan va keskin paydo bo‘lishi mumkin.

👉 Ushbu alomatlarning asosiy sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

• Moyakning buralishi — og‘riq o‘tkir, kuchli bo‘ladi, to‘satdan yuzaga keladi
• Varikosele — urug‘ yo‘lidagi varikoz tomirlari kengayadigan kasallik. Bepushtlikka olib kelishi mumkin.
• Orxit — moyakning yallig‘lanishi
• Funikosele — urug‘ yo‘li o‘simtalari
• O‘tkir prostatit
• Prostata adenomasi va prostata saratoni
• Vezikulit – urug‘ pufakchalarining yallig‘lanishi
• Zamburug‘li va jinsiy infeksiyalar
• Kichik tos sohasidagi yallig‘lanish jarayonlari
• Chov va chov-moyak xaltasi churralari

Bu sabablarning to‘liq ro‘yxati emas!

Shuning uchun, agar og‘riq sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qilishingizni va o‘zboshimchalik bilan davolanmaslikni qat'iy tavsiya qilaman. Qanchalik tez kelsangiz, kasallikni dastlabki bosqichda davolash shunchalik tez va oson bo‘ladi 👆