Новости на узбекском языке

Tashkent Medical Park: Prostatit belgilarini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak

2024-10-14 11:00
Tashkent Medical Park: Prostatit belgilarini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak

Tashkent Medical Park klinikasi prostatit va boshqa urologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash bo‘yicha to‘liq xizmatlar spektrini taklif etadi.

Bugungi shiddatli hayotda 25−45 yoshdagi erkaklar ko‘pincha o‘z salomatligini ikkinchi darajaga qo‘yadi. Ammo dastlabki simptomlarni e’tiborsiz qoldirish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, ayniqsa prostatit va boshqa urologik kasalliklar haqida gap ketganda.

“Zamonaviy diagnostika usullari urologik kasalliklarni erta bosqichda tez va og‘riqsiz aniqlash imkonini beradi. Protseduralardan xavotir olmang — ular xavfsiz va sizning salomatligingiz hamda hayot sifatini saqlashga qaratilgan”, — dedi Tashkent Medical Park klinikasining bosh shifokori Oybek Rahmonov Muhammadmo‘ydinovich.

Prostatitni e’tiborsiz qoldirmaslik

Prostatit va boshqa urologik muammolar quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi:

  • tez-tez siyishga ehtiyoj, ayniqsa, kechasi;
  • siydik pufagini to‘liq bo‘shatmaslik hissi;
  • siydik oqimi zaiflashishi;
  • siyishda og‘riq yoki achishish;
  • potensiya va jinsiy istakning pasayishi.

Bu belgilar nafaqat noqulaylik tug‘diradi, balki hayot sifatini ham sezilarli darajada pasaytiradi.

Tashkent Medical Park`da og‘riqsiz va samarali davolanish

Tashkent Medical Park klinikasi prostatit va boshqa urologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash bo‘yicha to‘liq xizmatlar spektrini taklif etadi:

  • sog‘lig‘ingizni aniqlash uchun zamonaviy diagnostika texnologiyalari;
  • tajribali urologlarimiz tomonidan individual tanlangan dori-darmon bilan davolash;
  • tez va og‘riqsiz o‘tkaziladigan kam invaziv operatsiyalar;
  • tez tiklanish — atigi 2−3 kun ichida sizni odatiy hayotga qaytaradi.

Nega bu shifoxonani tanlash kerak

Professionalizm: ko‘p yillik tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar.

Qulaylik: shinam muhit va e’tiborli personal ishonch atmosferasini yaratadi.

Mavjudlik: TMP butun O‘zbekiston va yaqin MDH mamlakatlaridan bemorlarni qabul qiladi, yuqori darajadagi tibbiy yordamni ta’minlaydi.

Oila ta’minotchisining salomatligi — oilaning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik

Yaqinlarning baxti salomatlikka bog‘liq. Har bir inson o‘zi va oilasiga ertangi kunga ishonch baxsh etishi, salomatligi haqida o‘z vaqtida g‘amxo‘rlik qilishi muhim.

Bugundan salomatlik sari qadam tashlash

Muammoni hal qilishni kechiktirmaslik lozim. Mutaxassislarga qancha tez murojaat qilinsa, davolash shunchalik samarali bo‘ladi. Tashkent Medical Park klinikasida konsultatsiya olish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘tish mumkin.