Новости на узбекском языке

«Doktor, jarrohliksiz tuzalishning iloji yoʼqmi?», — bu savolni bizga siydik tosh kasalligiga chalingan bemorlar tez-tez berishadi.

«Doktor, jarrohliksiz tuzalishning iloji yoʼqmi?», — bu savolni bizga siydik tosh kasalligiga chalingan bemorlar tez-tez berishadi. Javobimiz: — «Bor! Lekin har doim ham emas».

Toshdan uch usulda xalos boʼlish mumkin:

• Medikamentoz vositalarni qabul qilish
• Toshlarni operatsiyasiz maydalash
• Jarrohlik amaliyoti

Davolash usulini shifokor, quyidagilarga asoslangan holda, tanlaydi:

• Tosh(lar)ning buyrak, siydik yoʼli yoki siydik pufagida joylashganligi
• U(lar)ning kattaligi va tuzilishi
• Bemorning umumiy holati

Jarrohlik shart boʼlmagan hollarda biz davolash choralarini belgilaymiz. Jarrohlik amaliyoti hayotiy zarurat boʼlganda esa, shifokorlarimiz kaminvaziv endoskopik usulni tanlaydilar – unda bemorlar tanasida ochiq kesiqlar boʼlmaydi, baʼzan esa, hatto teshiklar ham boʼlmaydi. Bunday hollarda, ogʼriqsizlantirishdan soʼng toshlar tabiiy siydik chiqarish yoʼllari orqali, maxsus zamonaviy uskunalar yordamida chiqariladi.

Baʼzan instrumentni kiritish uchun terida kichik teshik qilishga toʼgʼri keladi. Bunday amaliyotdan soʼng bemor shu kunning oʼzida yoki ertasiga qadrdon insonlarining davrasiga qaytishi mumkin.
Salomatligingizni asrang.

Qabulga yozilish uchun:
📞+(998) 78 140-03-03
📩 Telegram: +(998) 90 811-00-25
🌎 Sayt: https://urologic.uz/
📎Telegram kanal: https://t.me/urologic_complex
📍Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, 12 daha, M. Shayxzoda, 7 uy.