Aniqlash va davolash!
Sut bezi o‘simtalarining birinchi belgilarini qanday aniqlash mumkin? «Urologic Complex» klinikasi shifokor-onkologi Jo‘raev Farrux Mirjalolovich so‘z yuritadi
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda taxminan har 12 ayoldan biri ko‘krak bezi saratoniga duchor bo‘ladi, shuning uchun siz 20 yoshdamisiz yoki 50 yoshda ekanligizdan qat'i nazar, hushyor bo‘lishingiz kerak. Ushbu alomatlar ro‘yxatini saqlab qo‘yishni ham tavsiya qilaman:
Darhol qo‘rquvga tushib, dahshatli kasallik haqida o‘ylashga hojat yo‘q. Xuddi shu alomatlar boshqa kasalliklarning belgisi bo‘lishi ham mumkin. AMMO bunday holda mammolog qabuliga borish shart, agar onkologiyaga shubha bo‘lsa, to‘g‘ri tashxis qo‘yadigan va, zarurat bo‘lsa, davo usulini belgilab beradigan onkolog qabuliga boring.

- Ko‘krak / al'veolalar shakli va rangining to‘satdan o‘zgarishi, dog‘lar va qizarish paydo bo‘lishi;
- Sut bezining shishishi;
- Ko‘krak terisida kutilmaganda burmalar paydo bo‘lishi;
- Yaqinda laktasiya bo‘lmagan bo‘lsa ham, ko‘krak uchidan oqindi chiqishi;
- Ko‘krak uchining ichkariga tortilishi;
- Ko‘krak to‘qimalarida qattiq / yumshoq zichlielar paydo bo‘lishi;
- Qo‘ltiq ostidagi limfa tugunlarining kattalashishi.