Новости на узбекском языке

12 barmoqli ichak va oshqozon yazva kasalligi

Sizda jig‘ildon qaynashi yoki qorningiz ochlikdan og‘riyotgandek his bo‘ladimi? Ovqatdan 3-4 soat o‘tganidan keyin, nordon ta'mli kekirik yoki og‘riq his qilganmisiz?

Bularning barchasi 12 barmoqli ichak va oshqozon yarasining belgilari bo‘lishi mumkin

12 barmoqli ichak va oshqozon yarasi — ichak va oshqozon shilliq qavati hamda uning ostidagi to‘qimalardagi nuqson. Uning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Ichaklar va oshqozonning Helicobacter Pylori bakteriyalari bilan shikastlanishi;
  • Noto‘g‘ri, tartibsiz ovqatlanish va tez-tez stress holatida bo‘lish;
  • Me'da shirasi sekresiyasining oshishi va gastroprotektiv omillar (oshqozon mukoproteinlari va bikarbonatlar) faolligining pasayishi;
  • Chekish, ayniqsa och qoringa;
  • Ul'serogen (yara hosil qiluvchi) ta'sirga ega bo‘lgan dorilarni uzoq muddat qo‘llash (ko‘pincha bu steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar guruhidagi vositalar — anal'gin, aspirin, diklofenak va boshqalar);
  • Gastrin keltirib chiqaruvchi o‘sma (gastrinoma).

Alomatlar

Yuqorida keltirib o‘tilgan alomatlardan tashqari bemorlar ko‘pincha ko‘krak qafasi ostidagi sohada, qorinning yuqori qismida simillagan, o‘rtacha og‘riqni his etishadi. Og‘riq ko‘pincha tunda yoki och qoringa paydo bo‘ladi. U bir necha hafta davom etishi, keyin esa yo‘qolishi mumkin, ammo bu kasallik o‘tib ketganligini anglatmaydi. Keyinchalik, og‘riq zo‘riqib boraveradi.

Shuning uchun qorinda har qanday og‘riq paydo bo‘lishi bilan xavfli kasalliklarni istisno qilish yoki tegishli davo usulini belgilash uchun darhol gastroenterologimizga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.