Новости на узбекском языке

Oliy toifali jarroh Xolmatov Shuxratbek

Oliy toifali jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi Xolmatov Shuxratbek yana "Urologic Complex" shifokorlar jamoasiga qoʼshildi va allaqachon faol tarzda bemorlarni operatsiya qilmoqda!

Shuxratbek Taxirdjanovich umrining 20 yilini jarrohlikka bagʼishladi, doimiy ravishda malakasini oshirdi va oʼz sohasining haqiqiy professionaliga aylandi.

• 2013 yilda u Rossiyadagi Karl-Storz markazi Bariatrik jarrohlar jamiyatida "Semirib ketish va moddalar almashinuvi kasalliklarni jarrohlik yoʼli bilan davolash" boʼyicha taʼlim olgan;
• 2017 yilda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasida "Operativ-diagnostika endoxirurgiyasi" yoʼnalishi boʼyicha kursni muvaffaqiyatli tamomlashan;
• 2018 yilda Pirogov nomidagi Milliy tibbiyot va jarrohlik jarrohlik markazida (Rossiya) "Аbdominal jarrohlikda laparoskopik va robotlashtirilgan jarrohlik yoʼnalishi boʼyicha taʼlim oldi;
• 2018 yilda u Nyu-Dehlida ilgʼor laparoskopik jarrohlik kursini yakunladi.

2020 yildan 2022 yilgacha u Saudiya Аrabistonidagi qirol Аbdulla klinikasida yetakchi jarroh, shuningdek, laparoskopik jarrohlik boʼyicha konsulьtant boʼlib ishlagan.

Shuxratbek Taxirdjanovich yuqori malakali jarroh boʼlib, u ochiq va yuqori texnologiyali laparoskopik operatsiyalarning keng doirasini katta mahorat bilan bajaradi:

Bariatrik operatsiyalar

Qorin boʼshligʼi va qorin orti boʼshligʼi organlari, ventral churralar, abdominoplastika, genioplastika va alloplastikaning barcha shakllarida ochiq jarrohlik amaliyotlarining barcha turi.

Shuxratbek Taxirdjanovich konsulьtatsiyasiga +(99878) 140-03-03 raqami orqali, va + 998 99 804 79 48 raqami boʼyicha Telegram orqali yozilishingiz mumkin.